GRIGORYAN Artur Razmikovich

GRIGORYAN Artur Razmikovich (1967.20.10, Toshkent) — bokschi. Xalqaro sport ustasi (1987). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (1991). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni. Oʻzbekistan davlat jismoniy tarbiya in-tini tugatgan (1993). 1978-y. dan boks bilan shugʻullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. G. ga 1986 — 93 y. larda V. Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida … Читать далее

GRENLANDIYA DENGIZI

GRENLANDIYA DENGIZI — Shim. Muz okeanining chekka dengizi. Grenlandiya, Shpisbergen, Medvejiy, Islandiya, Yanmayen o. lari oraligʻida. Mayd. 1195 ming km2. Oʻrtacha chuq. 1444 m, eng chuqur joyi 5527 m. Oʻrtacha suv hajmi 1740 km3. G. d. ning iqlimi sovuq, arktika iqlimi. Dengizning gʻarbidan Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi, sharqidan esa Golfstrimning tarmogʻi — Shpisbergen iliq oqimi … Читать далее

GREYDER-ELEVATOR

GREYDER-ELEVATOR — uzluksiz ishlaydigan yer qazish mashinasi; disk, pichoq yoki boshqacha kesuvchi organ va elevator (transporter)lar bilan jihozlangan. Gruntni qazib tuproqni chetga chiqaradi yoki transport vositalariga ortadi. Yarim tirkama, tirkama va oʻziyurar xillari bor. Yoʻl qurishda, chuqur va kanallar qazishda ishlatiladi. Пост Навигацияси

GRAFIK

GRAFIK (lot. graphikos — chizilgan) — 1) biror kattalik (mas, tezlik)ning boshqa kattalik (mas, vaqt) ga bogʻliqligini yaqqol koʻrsatish uchun qoʻllaniladigan chizma. Mas, barograf havo bosimining vaqtga bogʻliqlik grafigini chizadi; 2) i. ch. grafigi — biror korxonada mahsulot ishlab chikarishning chizma yoki jadval tarzida ifodalangan rejasi; 3) t. i. grafigi — poyezdlar harakatini vaqt bilan … Читать далее

GRANKA

GRANKA (rus.) (matbaada) — 1) bosmaxonada terilib, hali sahifa holiga keltirilmagan (verstka qilinmagan) matnlar ustuni; 2) terilgan matnni oʻqib, xatolarini tuzatish, undan maket tuzish uchun qogʻozga olingan tasviri, nusxasi; 3) terilgan matnni vaqtincha (sahifalashga qadar) saqlab qoʻyish uchun ishlatiladigan taxtakach. Пост Навигацияси

GRAMPIAN TOGʻLARI

GRAMPIAN TOGʻLARI — Shim. Shot landiya togʻligining jan. qismi; Buyuk Britaniyadagi eng baland togʻlar. Shim. da Glen-Mor vodiysi, jan. da Shotlandiya payettekisligi bilan chegaralangan. Uz. 250 km, eni 100 km. Eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m). Toʻrtlamchi davrdagi muzlanishning izlari qolgan. Veresk oʻsib yotgan yaylovlar, torf botqoqliklari, vodiylarda tilogʻoch oʻrmonlari bor. Moʻtadil okean iqlimi, … Читать далее

GRADUS OʻLCHASHLAR

GRADUS OʻLCHASHLAR — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash uchun yer sirtida juda aniq bajariladigan geodezik va astronomik ishlar. Meridianlar va parallellar yoylarining uzunligi geodezik usullarda, yoylarning oxirgi punktlari geografik koordinatalari astronomik kuzatuvlar asosida topiladi. Yerning shar shaklidaligi haqidagi taʼlimot paydo boʻlgandan soʻng (mil. av. 5-a) uning radiusini aniqlash zarurati tugʻildi va Gradus oʻlchashlarning dastlabki geometrik … Читать далее

GRAVITATSION VARIOMETR

GRAVITATSION VARIOMETR — ogʻirlik kuchi potensialining ikkilamchi hosilasini va gorizontal yoʻnalish ogʻirlik kuchi oʻzgarishi (gradiyenti)ni oʻlchaydigan asbob. Faqat ogʻirlik kuchi gradiyentini oʻlchaydigan Gravitatsion variometr g r a diyentometrlar deyiladi. Gravitatsion variometrni venger fizigi D. Etvesh ixtiro kilgan. Gravitatsion variometr uchlariga turli balandlikda massalar mahkamlangan yoki osilgan gorizontal yoki kiya oʻrnatilgan yengil koromislodan iborat; koromislo pishitilgan … Читать далее

GOFFMAN REAKSIYALARI

GOFFMAN REAKSIYALARI — alifatik aminlar olish uchun A. V. Goffman taklif etgan reaksiyalar. Uch turi bor. 1) Karbon kislotalar amidlarining ishkrriy metallar gipogalogenidlari taʼsirida birlamchi aminlarga aylanishi (Goffman qayta guruxlanishi): R+NaBrO – > RNH2+CO2+NaBr Reaksiya natijasida amidning karbonil guruhi SO2 holida ajralib chiqib, boshlangʻich amidlarga nisbatan bir uglerod atomi kam boʻlgan aminlar hosil boʻladi. Goffman … Читать далее

GORST

GORST (nem. Horst — doʻnglik, balandlik) — Yer poʻstining uzilmalar boʻyicha yuqoriga koʻtarilgan qismi. Gorstning oʻlchami turlicha — uzunasiga yuzlab km ga, eni bir necha oʻn km ga yetadi. Gorst boʻylama — yoʻnalishi togʻ jinslarining deformatsiyalashgan yoki burmali togʻlar yoʻnalishiga yaqin; koʻndalang — yoʻnalishi burma oʻqiga koʻndalang; qiya — nishab tekisligi barcha maydonda bir tomonga … Читать далее