GORIZONTAL DRENAJ

GORIZONTAL DRENAJ — zax qochiruvchi drenaj turi; ortiqcha tuproqgrunt suvlarini yigʻish va ularni zaxi qochiriladigan hududdan tashqariga chiqarib yuborish uchun qurilgan ochiq kanal (zovur)lar yoki uzluksiz drenaj (suvoqar) koʻrinishida yerga yotqizilgan quvurlar tizimidan iborat. Asosiy drenalar (tartibga soluvchi qism), suv qabul qilgichlar Gorizontal drenajning asosiy qismlaridir. Gidrostatik bosim farqi taʼsirida suvning drenalarga sizilib chiqishi hisobiga … Читать далее

GOPLITLAR

GOPLITLAR (hoplitai) — Yunonistondagi ogʻir qurollangan piyoda askarlar (mil. av. 5—4-a. lar). Ular uzun nayza, kalta qilich bilan qurollanib, qalqon, dubulgʻa va sovut kiyishgan. Goplitlar 8 qatordan 25 qatorgacha saf tortib jips holda jangga otlanganlar. Jang paytida oldingi ikki qator jang qilgach, orqadagi qatorlar oldingilarni siqib turgan va safdan chiqqanlarning oʻrnini toʻldirgan. Goplitlar oʻrta mulkdorlar … Читать далее

GONDLAR

GONDLAR — Hindistondagi dravidlar guruhiga mansub xalq. 3,8 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Gondi tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, hin-duizmga, bir qismi anʼanaviy diniy eʼtiqrdlarga amal qiladi. Пост Навигацияси

GOMOYOTERM HAYVONLAR

GOMOYOTERM HAYVONLAR (gomo… va yun. therme — issiq) — issiq qonli hayvonlar; atrof muhit haroratiga qaramasdan tanasining ichki haroratini nisbatan bir xil darajada doimiy ushlab turadigan hayvonlar. G. h. ga sut emizuvchilar va qushlar kiradi. Gomoyotermlik termoregulyatsiya mexanizmlari orqali amalga oshadi (yana q. Poykiloterm hayvonyaar). Пост Навигацияси

GOLFSTRIM

GOLFSTRIM (ing. Gulf Stream – qoʻltiq oqimi) — Atlantika okeanining shim. qismidagi iliq oqim. Aslida Golfstrim bir qancha iliq oqimlardan iborat boʻlib, Florida ya. o. qirgʻogʻidan Shpisbergen va Novaya Zemlya o. larigacha 10 ming km masofaga oqib boradi. Golfstrim dastlab Florida qoʻltigʻining jan. qismida hosil boʻladi. Passat shamoli suvni Yukatan boʻgʻozi orqali Meksika qoʻltigʻiga haydaydi … Читать далее

GOLLANDLAR

GOLLANDLAR (oʻzlarini xolanders deb atashadi) — xalq, Niderlandiyaning asosiy aholisi (12,3 mln. kishi). Umumiy soni — 14 mln. dan ortiq kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Niderland tilida soʻzlashadi. Dindorlari asosan protestantlar (kalvinistlar, mennonitlar), katoliklar. Hoz. Gollandiya hududida mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmida, asosan, keltlar yashagan. Mil. boshlarida bu yerlarga german qabilalaridan frizlar va batavlar koʻchib kelgan. … Читать далее

GODDARD

GODDARD (Goddard) Robert (1882.5.10, Vuster — 1945.10.8, Baltimor) — ameri kalik olim, raketa texnikasini yaratuvchilaridan biri. Vuster politexnika in-tini tugatgan (1908). Klarkov in-tida (1914—43), aviatsion tadqiqot byurosida direktor boʻlib (1942—45) ishlagan. Dunyoda birinchi boʻlib suyuqlikli raketa dvigatelini uchirgan. Goddard bir qator eksperimental suyuqlikli raketa va dvigatellarni ishlab chiqqan hamda sinagan. Oyning teskari tomonidagi kraterlardan biri … Читать далее

GOBSON

GOBSON (Xobson) (Hobson) Jon Atkinson (1858.6.7, Derbi – 1940.1.4, London) — ingliz iqtisodchisi. Oksforddagi Linkoln kollejini tugatgan (1878). 1887-97 y. larda Oksford va London un-tlarida siyosiy iqtisoddan daryo berdi. Gobson meʼyoriy naflik, meʼyoriy unumdorlik va yetarli isteʼmol etilmaslik nazariyalari tarafdori. Asosiy asari boʻlgan «Imperializm» (1902) kitobida iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini batafsil taʼriflab bergan va monopolistik kapitalizmgacha … Читать далее

GNEYS

GNEYS (nem. Gneis) — granitoid tarkibli kristalli slanes. Choʻkindi va magmatik jinslarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Rangi oqish, kulrang, yashilsimon. Ichki tuzilishi granoblast va porfirblast, tashqi tuzilishi yoʻl-yoʻl («gneyssimon») massiv koʻrinishida. Tarkibida kvars, dala shpati, biotit, muskovit, amfibol, baʼzan avgit boʻladi. Bundan tashqari slanesda granat, sillimanit, aksessor minerallardan apatit, sirkon, sfen hamda rudali minerallar uchraydi. … Читать далее

GLORIYA

GLORIYA (lot. gloria — bezak) — odam soyasi atrofida rangli aylana koʻrinishida kuzatiladigan optik hodisa. G. yoruglik difraksiyasi tufayli nur tushayotgan bulutlar pushtasida yoki tumanda yoki shudringli oʻtloqlarda vujudga kelishi mumkin. Gloriya aslida Quyosh va Oy atrofida yarim tiniq bulut qatlamlarida, mas, yuqori-qatlamli yoki yuqori-toʻptoʻp bulutlarda baʼzi vaqtlarda kuzatiladigan rangli aylanatojning bir koʻrinishi. Agar kuzatuvchi … Читать далее