GULCHIN

GULCHIN — 1) etik, mahsi kabi oyoq kiyimlarining tovon qismi. U qattiqroq charmdan astarli qilib tikilib, soʻngra qotiriladi. Gajak G. (rangdor ip bilan gajak shaqlida tiqiladi), tumorcha Gulchin (rangdor ipda uch yoki toʻrt burchaqli qilib tiqiladi), qora Gulchin (qora charmdan oddiy tiqiladi) kabi xillari mavjud; 2) kavush jagining orqa tomoniga qadalgan koʻk magʻiz. Пост Навигацияси

GULOBI

GULOBI — qovunning kechpishar navlari. Uning joʻjaburun G., qizil G., koʻk Gulobi, sariq G., qora Gulobi xillari bor. Joʻjaburun Gulobi urugʻidan chiqqandan keyin 100—115 kunda pishadi. Hosildorligi oʻrtacha. Shaqli urchuqsimon, uchi toʻmtoq, yirik, uz. 32—34 sm, ogʻirligi 4—6 kg. Sirti burish toʻrlagan. Tusi sariq, oftobga qaragan tomoni yashilroq. Poʻsti qattiq. Eti oq, kalinligi 5—5,5 sm, … Читать далее

GULIKURA TIZMASI

GULIKURA TIZMASI — Hisor tizmasi tarmogʻi, Surxondaryo viloyatining shim.-sharqidagi Uzun tumani hududida joylashgan. Dalma, Kichkina Bardon tizmalaridan jan. roqda. Uz. 8—9 km, oʻrtacha bal. 1400—1500 m, eng baland nuqtasi 2041 m. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan tekisroq boʻlib, Toʻpolondaryo vodiysi tomon sekin-asta pasayib boradi. Shim. va shim.-sharqiy yon bagʻri tik boʻlib, Zevarsoy qirgʻoqlaridan tik koʻtarilgan. Iqlimi … Читать далее

GUK QONUNI

GUK QONUNI — qattiq jismning elastik deformatsiyasi bilan shu jismga qoʻyilgan mexanik kuchlanish orasidagi chizikli munosabatni ifodalaydigan qonun. R. Guk kashf qilgan (1660). Kuchlanish taʼsirida jism choʻzilishi yoki siqilishi mumkin. Mas, uzunligi va koʻndalang kesim yuzasi S boʻlgan sterjen boʻylama Gʻ kuch bilan choʻzilsa, uning uzayishi Al=Fl/ES boʻladi, bunda: D — mutlaq (absolyut) choʻzilish (qisqarish), … Читать далее

GUDIASHVILI

GUDIASHVILI Lado (Vladimir) Davidovich [ 1896.18(30) .3, Tbilisi — 1980) — gruzin rassomi va grafigi. Ijodi urta asrlar gruzin sanʼati va 1920-y. lar Gʻarbiy Yevropa sanʼatidagi oqimlar taʼsirida shakllangan. Xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiqlar, afsonaviy va fantastik obrazlar)dan ilhomlangan: «Sosxali baligʻi» (1920), «Serafita sayri» (1940), «Pirosmanashvili oʻlimi» (1946), «Togʻdagi uchrashuv» (1977) kabi yirik asarlar, «T. Tabidze … Читать далее

GUBSKAYA Vera Nikolayevna

GUBSKAYA Vera Nikolayevna [1906.26.8 (8.9), Kerch – 1953.19.10, Toshkent] – balet artisti, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekistan xalq artisti (1944). Toshkent rus opera va balet teatrida balet artisti (1930 – 35). 1939 – 42 y. lar Navoiy teatrida baletmeyster va pedagog. 1943 — 48 y. lar Muqimiy, Toshsovet nomidagi va Yangiyoʻl teatrlarida bosh baletmeyster. Tamaraxonim nomidagi Respublika … Читать далее

GUANO

GUANO (ispancha guano) — quruq iqlim sharoitlarida dengiz qushlarining uzoq yillar yigʻilib qolgan va chirigan axlati; azotli va fosforli oʻgʻit. Qushlar koʻplab yashaydigan Chili, Peru, Jan. Afrika sohillariga yaqin orollarda, Karib dengizi orollarida koʻp. Tarkibida 9% atrofida N, 13% R2O5 va 2 — 3% K,O bor. G. ni maydalab turli tipdagi tuproqlarda barcha q. x. … Читать далее

GRUMM-GRJIMAYLO

GRUMM-GRJIMAYLO Grigoriy Yefimovich [1860.5(17).2, Peterburg — 1936.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geografi, sharqshunos. Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan sayyoh. Rossiyada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1928). 1920—31 y. larda sobiq Ittifoq geografiya jamiyatining vitseprezidenti. 1884—87 y. larda Olay, Pomir, Tyanshan togʻlari, Qashqar, Qoraqurumga sayohat qilgan. 1889 — 90 y. larda Markaziy Osiyoni oʻrganish ekspeditsiyasiga rahbarlik … Читать далее

GRIFON

GRIFON, grif (frans. griffon, lot. gryphus, gryps) — qad. afsonalardagi qanotli burgut yoki sher boshli, sher tanali afsonaviy maxluq. Grifon tasviri qad. dunyo sanʼati (meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat)da keng tarqalgan. Keyingi davrlar sanʼatida bezak (muhr, tamgʻa) sifatida koʻp ishlatilgan. Пост Навигацияси