AMPUTATSIYA

AMPUTATSIYA (lot. amputatio — kes-moq) — qoʻl-oyoqning periferik qismini yoki biror aʼzoni, mas, sut bezi, toʻgʻri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiyasi, gangrena, ogʻir shikastlanish va b. hollarda qoʻllaniladi. Qoʻl-oyoq yoki uning bir qismini boʻgʻimdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. Amputatsiya qad. dan maʼlum. Hoz. zamon tibbiyoti jarohatning yiringlanib yalligʻlanishiga yoʻl … Читать далее

AMPER QOIDASI

AMPER QOIDASI, chap qoʻl qoidasi — magnit maydoniga kiritilgan oʻtkazgichdan tok oʻtganda unga taʼsir etuvchi mexanik kuch yoʻnalishini aniqlaydigan qoida. Agar chap qoʻlni magnit maydon kuchlanganligi kaftga tomon yoʻnaladigan qilib, ochilgan toʻrt barmoqni tok yoʻnalishi boʻyicha tutilsa, u holda bosh barmoq oʻtkazgichga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishini koʻrsatadi. Related Posts:AMPERVOLT-AMPERAMPER-COATVOLT-AMPER XARAKTERISTIKASIAMPER-OʻRAMLARAMPER QONUNI

AMNISTIYA

AMNISTIYA (yun. amnestia — kechirish, gunohidan oʻtish; amnistiya) — oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillatish toʻgʻrisidagi qarori. Amnistiya jinoyat va b. huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazodan toʻla yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida insonparvarlikni namoyish qiluvchi farmoyishdir. … Читать далее

AMPLUA

AMPLUA (frans. emploi — foydalanish) — aktyor imkoniyatlariga mos tushadigan rollar turkumi. Maʼlum rollarga ixtisoslashish barcha mamlakat teatrlari taraqqiyoti tarixida uchraydi. Ampluada ishlash, ayniqsa, Sharq teatriga xos. 17-a. oxiriga kelib yapon teatri (Kabuki)da Ampluaning 8 guruhi tarkib topdi. Hind teatrida esa Ampluaning 12 gu-ruhi maydonga keldi. Maʼlum davrgacha Amplua ijobiy rol oʻynagan. Ammo, keyinchalik Amplua … Читать далее

AMNION

AMNION (yun. atshop) , qogʻonoq — kjsak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) murtak pardalaridan biri. Amnionning boʻlishi yoki boʻlmasligiga qarab umurtqalilar 2 guruhga: amniotlar (yuksak umurtqalilar) va anamniyalar (tuban umurtqalilar)ga boʻlinadi. Amnion bir qancha umurtqasizlar (hasharotlar, chayonlar, nemertinlar)da ham boʻladi.

AMMON

AMMON — Iordaniya poytaxti. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Zarqa vodiysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻn-teri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut z-dlari, qandolatchilik f-kasi) sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Unt, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda … Читать далее

AMIRLIK

AMIRLIK — islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshligʻi xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangach hamda 20-a. gacha ham mustaqil, ham vassal mulklar Amirlik deb atalgan (mas, Arabiston ya. o. dagi Najd, Shammor, Asir, hoz. Birlashgan Arab amirliklari va b.). Muayyan davlat birlashmasining Amirlik deb atalishi shartli boʻlib, … Читать далее

AMIR TEMUR JOME MASJIDI

AMIR TEMUR JOME MASJIDI — Oʻrta Osiyo meʼmorchilik sanʼatining yetuk namunasi. Samarqanddagi meʼmoriy inshoot (1399—1404). Amir Temur Hindistonni zabt etish sharafiga qurdirgan. Xalq orasida Amir Temurning xotini Bibixonim nomi bilan mashhur (q. Bibixonim jome masjidi). Related Posts:AMIR TEMUR BOGʻLARIAMIR TEMUR ORDENIAMIR TEMURAMIR TEMUR GʻORIAmir Temur ssenariysiAmir Temur haqida qozigʻi boʻsh “haqiqat”lar

AMINOMOY KISLOTA

AMINOMOY KISLOTA — tarkibida karboksil va aminoguruh boʻlgan organik kislota. Aminomoy kislota yuqori t-ralarda suyuqlanuvchan kristall modda. Suvda yaxshi eriydi, spirtda erimaydi. a – va r-A. k. optik faoldir. a-va u – A. k. hayvonot va oʻsimlik toʻqimalarida keng tarqalgan. R-A. K. organizmlarda uchramaydi. Related Posts:ANTRANIL KISLOTAASKORBIN KISLOTAADIPIN KISLOTABORAT KISLOTAYODID KISLOTAAMINOKAPRON KISLOTA

AMIN AHMAD ROZIY

AMIN AHMAD ROZIY (16 – a.) — tarixchi va adib. Hindistonda Akbarshoh (1542—1605) zamonida yashagan, unga atab «Haft iqlim» («Yetti iqlim», 1593—94) nomli kitob yozgan. Ushbu asarda Sharq olimlari odatiga bino-an Amin Ahmad Roziy dunyoni yetti iqlimga boʻlib, har qaysi ikdim, yirik shahar va qishloqlar haqida tarixiy va geografik maʼlumot hamda shu iqlimdan yetishib chiqqan … Читать далее