GAVAYI OROLLARI

GAVAYI OROLLARI, Sandvich orollari — Tinch okeandagi arxipelag. Orollar 3600 km ga choʻzilgan 24ta vulkan orolidan iborat. Bal. 4205 m. (Mauna-Kea uchgan vulkani). Eng yirik orollari: Gavayi, Maui, Molokai, Oaxu va b. Harakatdagi vulkanlar koʻp. Iqlimi tropik dengiz iqlim. Eng issiq oy — avg. ning oʻrtacha t-rasi 21 — 25°, fev. niki 18—2G. Oʻrtacha yillik yogʻin 3500—4000 mm. Daryolari kalta. Tuprogʻi kizil, qizil-qoʻnkir, togʻlarda togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproq. Nam tropik oʻrmonlar, quruq yon bagʻirlar esa savanna va butazorlar bilan qoplangan. 90% oʻsimligi endemik. Turizm va dam olish zonasi; iqlim kurortlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x