BORNXOLM

BORNXOLM — Boltiq dengizining jan. gʻarbidagi orol. Daniyaga qarashli. Mayd. 588 km2. Aholisi 45,2 ming kishi (1993). Eng katta shahri va porti — Ryonne. Yer yuzasi sertepa tekislik, bal. 162 m gacha, sohil boʻyi qumtepalardan iborat. Kaolin va gil konlari bor. Granit qazib olinadi. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, yaylovlar bor. Don ekish, qoʻychilik, … Читать далее

BORJOMI DARASI

BORJOMI DARASI — Gruziyadagi chuqur dara. Kichik Kavkazning Mesxeti va Trialeti tizmalari oraligʻida. Daradan Kura daryosi oqib oʻtadi. Uz. 60 km, chuq. 1500 m. Yon bagʻirlarida keng bargli va igna bargli daraxtlar oʻsadi. Darada Borjomi kurorti joylashgan. Пост Навигацияси

BORATLAR

BORATLAR — borat kislota tuzlari va efirlari. Tuzilishi, tarkibi va tabiatda uchrashiga koʻra B. anorganik, organik va tabiiy Boratlar larga boʻlinadi. Anorganik boratlar (oksoboratlar), ortoborat N(3VO3), metaborat (NVO2) hamda erkin holda ajratib olinmagan poliborat N( BmO3iTMi) kislotalarining tuzlari. Molekulasidagi bor atomlarining soniga qarab mono, di, tetra, geksaboratlar va b. ga boʻlinadi. Boratlarda bor atomining koordinatsion … Читать далее

BONN UNIVERSITETI

BONN UNIVERSITETI, Fridrix Vilgelm nomidagi Reyn unti — Germaniyadagi eng yirik untlardan biri. 1777-y. Akademiya sifatida tashkil etilgan. 1786-y. dan unt deb nomlangan. Bonn universiteti iqtisodiyot, huquq, falsafa, mat., tibbiyot, k,, x., teologiya va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 40 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi. Пост Навигацияси

BOMBARDIMONCHI AVIATSIYA

BOMBARDIMONCHI AVIATSIYA — harbiyhavo kuchlarining asosiy zarbdor kuchi. Bombardimonchi aviatsiyaning asosiy vazifasi: yalpi, keng koʻlamdagi hujumdan yoki jangdan oldin dushman aerodoromlariga, dengizdagi harbiy kemalarga, mustahkamlangan mudofaa istehkomlariga, qoʻshin va jangovar texnika toʻplangan joylarga, shahar va aholi punktlariga, t. y. uzellariga, sanoat markazlariga bomba va raketa tashlab vayron qilish va qirish, dushman qoʻshinlarining jangovarlik holatini susaytirish … Читать далее

BOLGʻABALIQ

BOLGʻABALIQ (Sphurna zygaena) akulasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 3,5 m cha, ogʻirligi 150 kg gacha (baʼzilari hatto 400 kg gacha). Atlantika va Tinch okeanning tropik hamda subtropik mintaqalarida tarkalgan. Dengiz tubida yashaydi, kambala, skat va har xil umurtqasiz jonivorlar bilan oziklanadi. Urgʻochisi 40 tagacha tirik baliqchalar tugʻadi. Kam ovlanadi. Boshining ikki yonidagi oʻsimtasi bolgʻaga … Читать далее

BOLSMAN STATISTIKASI

BOLSMAN STATISTIKASI — klassik mexanika qonunlariga muvofiq harakatlanayotgan, oʻzaro taʼsirlashmaydigan koʻp sonli zarralarga ega boʻlgan termodinamik muvozanat holatidagi ideal gaz statistikasi. Siyraklashgan barcha molekulyar gazlarga va gazlar razryadlanayotganda sodir boʻluvchi plazmaga tatbiq qilinadi, metallardagi elektron gaz va fotonlarga qoʻllanilmaydi. Bolsman statistikasini L. Bolsman ishlab chiqqan. Пост Навигацияси

BOLTAYEV Muhammad Nazarovich

BOLTAYEV Muhammad Nazarovich (J928. 1.10, Buxoro) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), falsafa fanlari d-ri (1966), prof. (1968). Buxoro davlat ped. institutini tugatgan (1950). Dushanbe, Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlarida falsafadan dare berdi. Qarshi davlat ped. instituti rektori (1977—86), Buxoro davlat un-ti falsafa kafedrasi mudiri (1986-y. dan). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy … Читать далее

BOLOMETR

BOLOMETR (yun. bole — nur t… metr) — nurlanish energiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Yutilayotgan nurlanish oqimi taʼsirida elektr karshiligi oʻzgaradigan termosezgir element ishiga asoslangan. Termosezgir element yuzasi yuqori yutish krbiliyatiga ega qora qurumga boʻyalgan, odatda, yupqa (0,1—1 mkm) metall qatlam yoki katta traviy qarshilik koeffitsiyentiga ega yarim oʻtkazgich yoki dielektrik boʻlishi mumkin. B. Uinston … Читать далее