BOSHLANGʻICH MATERIAL

BOSHLANGʻICH MATERIAL (seleksiyada) — yangi nav yaratishda foydalaniladigan yovvoyi va madaniy oʻsimlik shakllari. Boshlangʻich material sifatida tabiiy va duragay populyatsiyalardan, mutant va poliploid nusxalardan, oʻzidan changlantirilgan liniyalardan foydalanish mumkin. Tabiiy populyatsiyalar — oʻsimliklarning yovvoyi shakllari, madaniy oʻsimliklarning mahalliy navlari, ekinning jahon kolleksiyasidagi namunalari koʻpincha kasallik va zararkunandalarga, suv tanqisligiga chidamli boʻladi. Q. x. ekinlari seleksiyasida … Читать далее

BOSH MIYA NERVLARI

BOSH MIYA NERVLARI — bosh miya asosi (pastki yuzasi)dan oldinmakeyin boshlanuvchi 12 juft nerv. Ular bosh miyani tashqi muhit va ichki aʼzolar b-n bogʻlab turadi. I. Hid bil u v nervi — burun boʻshligʻining tepa qismiga tarqalib, hidlarni qabul qiladi; II. Koʻruv nervlari — koʻz soqqasining nurlarni qabul qiluvchi toʻr pardasiga tarqalgan. Koʻzni harakatlantiruvch i … Читать далее

BOFORT SHKALASI

BOFORT SHKALASI — shamol kuchini baholash uchun moʻljallangan 12 balli shkala (jadval); shamolning yerdagi buyumlarga taʼsiri va dengizning toʻlqinlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Bofort shkalasiga koʻra, 12 ball quyidagicha belgilanadi (baʼzi ballarga nisbatan): O ball — shtil (shamol esmayotgan payt, bunda tutun tikka kutariladi, dengiz suvining sathi koʻzguday tinch turadi); 4 ball — moʻtadil shamol (shamol … Читать далее

BOTUR XUNTAYJI

BOTUR XUNTAYJI, Erdeni Botur Xuntayji (? — taxm. 1660) — Oyrot xonligi hukmdori (1635-y. dan). Botur xuntayji. oʻz otasi Xara (Qora) Xulaning siyosatini davom ettirib, markaziy hokimiyatga itoat etishdan bosh tortgan oyrot hokimlari qarshiligini bartaraf qilgan. 1635-y. Gushixon bu kurashda yengilib, Jungʻoriyadan Kukunorga ketgach, Botur xuntayji. Oyrot xonligining barcha eʼtirof etgan yagona hukmdoriga aylandi. 1640-y. … Читать далее

BOTIROY

BOTIROY (18311910) dargʻin shoiri. Realistik dargʻin adabiyoti asoschilaridan biri. «Hayot haqida», «Qahramonlik haqida», «Sevgi haqida» turkum qoʻshiqlari bor. Bular toʻplab nashr etilgan (1928). Loading… Пост Навигацияси Previous PostBOTIR SRIM QOʻZGʻOLONI Next PostBOTIRSOY

BOTALLO YOʻLI

BOTALLO YOʻLI (16-a. italyan vrachi L. Botallo nomidan) (ductus Botallo), arterial yoʻl — quruqlikda yashovchi umurtqalilar embrionida oʻpka arteriyasini orqa aortasi bilan bogʻlaydigan 6arterial yoyning yuqori bulimi. Yurakning oʻng qorinchasi (yoki bir butun qorinchaning oʻng boʻlagi) dan kelgan qonning kupi hali takomil etmagan kichik qon aylanish doirasidan oʻtmay, Botallo yoʻli orqali aortaga boradi. Koʻpchilik hayvonlar … Читать далее

BOSNIYA VA GERSEGOVINA

BOSNIYA VA GERSEGOVINA (Bosna i Hercegovina) , Bosniya va Gersegovina Respublikasi — Bolqon ya. o. ning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 4 mln. 510 ming kishi (1996). Poytaxti — Sarayevo sh. Davlat tuzumi. Bosniya va gersegovina va G. respublika boʻlib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat koʻrsatuvchi demokratik davlat. … Читать далее

BOSIMLI YER OSTI SUVI

BOSIMLI YER OSTI SUVI — artezian havzalaridagi har xil bosimli suv, yoriq — karst suvi va oqimda boʻlgan burgʻi qudugʻi orqali yer yuziga koʻtarila olmaydigan bosimli grunt suvi. Bunday suvlarning taʼminlanishi atmosfera yogʻinlarining yerga singishi va Yer qobigʻidagi qatlamlarning elizion (siqilish) harakati hisobiga yuz beradi. Tabiiy holda bunday suvlar tabiiy buloq, yuqori haroratli shoʻr suv … Читать далее

BORSAKELMAS BOTIGʻI

BORSAKELMAS BOTIGʻI — Shim. Ustyurt platosidagi botiq. Shim. da Oqtumshuq, jan. da Markaziy Ustyurt koʻtarilmalari, sharkda Olambek guruhidagi bukilmalar, gʻarbda Yorqinboy monoklinal koʻtarilmasi bilan chegaralangan. Shim. gʻarbda Som botigʻi b-n tutashgan. Jan. sharqdan shim. gʻarbga choʻzilgan. Uz. 200 km, eni 150 km. Botikda paleozoy yotqiziqlari 6000 — 7000 m, mezokaynozoy yotqiziqlari 4500 — 5000 m … Читать далее