BOLTAYEV Muhammad Nazarovich

BOLTAYEV Muhammad Nazarovich (J928. 1.10, Buxoro) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), falsafa fanlari d-ri (1966), prof. (1968). Buxoro davlat ped. institutini tugatgan (1950). Dushanbe, Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlarida falsafadan dare berdi. Qarshi davlat ped. instituti rektori (1977—86), Buxoro davlat un-ti falsafa kafedrasi mudiri (1986-y. dan). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy fikr taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi, tasavvuf vakillarining inson hayotining maʼnosi haqidagi fiqolariga, umuminsoniy maʼnaviyaxloqiy qadriyatlarga bagʻishlangan. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x