UZUNLIK OʻLCHOVLARI

UZUNLIK OʻLCHOVLARI — berilgan oʻlchamdagi uzunlikni oʻlchash uchun xizmat qiladigan vositalar; shtrixli, chekli va shtrixchekli xillarga boʻlinadi. Shtrixli Uzunlik oʻlchovlari (sterjenlar, lentalar, simlar va b.)ning oʻlchamlari ularga belgilangan ikki shtrix oraliqlari bn, chekli Uzunlik oʻlchovlari oʻlchashni cheklab turgan sirtlar orasidagi masofa bilan belgilanadi; shtrixchekli Uzunlik oʻlchovlari chekli oʻlchov boʻlib, unda uzunlik birligining boʻlaklariga toʻgʻri keluvchi … Читать далее

UZOQDAN KOʻRISH

UZOQDAN KOʻRISH, gipermetropiya — koʻz nur sindirish (refraksiya) meʼyorining buzilishi. Odatda, koʻzning nur sindirish xususiyati 3 xil boʻladi. Birinchisida koʻzga tushgan nurlar toʻr pardada sinib, koʻz narsalarni yaxshi, normal koʻradi. Ikkinchisida nurlar fokusi kalta boʻlib, ular toʻr pardaga bormay, koʻzning ichida sinib, oʻz fokusida yigʻiladi. Bunda koʻzning koʻrish xususiyati faqat yaqinga yetadi, bu yaqindan koʻrish … Читать далее

UZATMA

UZATMA (mashinalarda) — aylanma harakatni uzluksiz uzatish uchun moʻljallangan mexanizm. Turli mashinalarning yuritmalarida Uzatma yordamida tezlik oshiriladi yoki pasaytiriladi; tezlik pogʻonali yoki pogʻonasiz tarzda rostlab turiladi; bitta dvigateldan bir necha mexanizm harakatga keltiriladi va h. k. Asosiy koʻrsatkichlari: uzatish momenti, burchak tezligi, uzatish soni, uzatish nisbati, foydali ish koeffitsiyenta (f. i. k.). U. ning mexanik, … Читать далее

UD

UD (arab. — qora daraxt) — torlimezrobli qad. musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (oʻzbek, tojik) xalqlarida keng qoʻllaniladi. Katta, noksimon va yupqa qopqokli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Ayritom xarobasidan udsimon cholgʻuni ushlab turgan sozanda ayol tasvirlangan friz topilgan. 9 — 15-a. larda Sharq … Читать далее

UGANDA

UGANDA (Uqanda), Uganda Respublikasi (Republic of Uqanda) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 236 ming km2. Aholisi 24,7 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kampala sh. Maʼmuriy jihatdan 4 viloyat (reqion)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Uganda — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-y. 8 okt. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1986-y. dan Yoveri … Читать далее

UBAYDULLAYEV

UBAYDULLAYEV Mamatxon (1925.3.3, Namangan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1982). 1943-y. dan Namangan viloyat musikali drama va komediya teatrida ishlaydi. «Ogʻriq tishlar»dagi Mamarasul, «Otello»da Yago, «Maysaraning ishi»da Choʻpon, «Ona qalbi»da Erkin, «Shubha»da Haydar, «Qirol Lir»da Graf Emond, «Nurxon»da Mamat, Hoji, «Tohir va Zuhra»da Qorabotir, «Hamlet»da Hamlet, «Sarvqomat dilbarim»da Ilyos, «Ezop»da Ksaf, «Aziz va Sanam»da Junaidxon kabi … Читать далее

GOʻSHT VA SUT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI

GOʻSHT VA SUT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI — boʻrdoqiga boqilganda koʻp goʻsht-yogʻ qiladigan, sogʻin davrida koʻp sut beradigan mollar. Bularga aberdin-angus (q. Aberdinangus qoramol zoti), shvis, olatov, Kostroma, lebedin, bestujev, simmental kabi qoramol zotlari kiradi. Sigirlari vazni 450—550 kg, buqalariniki 800—900 kg. Sigirlari oʻrtacha 2500—3000 kg, ayrimlari 40005000 kg sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,7 — … Читать далее

GOʻNGQARGʻA

GOʻNGQARGʻA (Corvus frugilegus) — chum-chuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda togʻli yerlardan boshqa hamma joyda uchraydi. Bahorda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi boʻylarida koloniya boʻlib yashaydi. Baland daraxtlarning shoxiga koloniya boʻlib uya quradi. Qoʻngʻir xolli 3—7 ta koʻk tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 16—20 kunda chiqadi. 30 kundan soʻng uchirma … Читать далее

GUTSUL OTI

GUTSUL OTI — yuk tortish va salt minishga moʻljallangan ot zoti. Karpat togʻlari kengliklarida qadimdan oʻtrokdashib qolgan ukrainlar (ruminlar ularni «gutsullar» deb ataydilar) tomonidan chiqarilgan. Turli xil ishlarda foydalanish mumkin. Togʻ sharoitiga oʻta moslashgan. 100—150 kg yuk bilan bir kecha-kunduzda togʻ yoʻllari orqali 100 chaqirim masofani bosib oʻta oladi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi. Jussasi kichikroq, … Читать далее

GURXON

GURXON (turkcha va moʻgʻulcha «qur — gʻur» — majlis, qabilalar birlashmasi) — ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodagi baʼzi koʻchmanchi xalqlarda teng huquqli qabilalar ittifoqiga rahbarlik qiluvchi xon unvoni. Qoraxitoylar xoni ixtiyoriy ravishda birlashgan 8 qabila uyushmasi rahbari boʻlgani uchun Gurxon unvoniga ega boʻlgan. Пост Навигацияси