UZUNLIK OʻLCHOVLARI

UZUNLIK OʻLCHOVLARI — berilgan oʻlchamdagi uzunlikni oʻlchash uchun xizmat qiladigan vositalar; shtrixli, chekli va shtrixchekli xillarga boʻlinadi. Shtrixli Uzunlik oʻlchovlari (sterjenlar, lentalar, simlar va b.)ning oʻlchamlari ularga belgilangan ikki shtrix oraliqlari bn, chekli Uzunlik oʻlchovlari oʻlchashni cheklab turgan sirtlar orasidagi masofa bilan belgilanadi; shtrixchekli Uzunlik oʻlchovlari chekli oʻlchov boʻlib, unda uzunlik birligining boʻlaklariga toʻgʻri keluvchi qoʻshimcha shtrixlar chizilgan. Shtrixli Uzunlik oʻlchovlari nominal qiymati 0,1 mm dan oʻnlab m gacha boʻladi; aniqligi boʻyicha 6 sinfga (0; 1; 2; 3; 4;

5) boʻlinadi. Nisbiy xatolygi 0,510^6dan 510~6 gacha oraliqda boʻladi. Chekli Uzunlik oʻlchovlari toʻrt sinfga (0; 1; 2; 3) boʻlinadi; nisbiy xatolik 210~6 dan 210 5 gacha oraliqda boʻladi. Shtrixchekli Uzunlik oʻlchovlari koʻpincha savdoda gazlama va h. k. tovarlarni oʻlchashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x