GOʻSHT VA SUT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI

GOʻSHT VA SUT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI — boʻrdoqiga boqilganda koʻp goʻsht-yogʻ qiladigan, sogʻin davrida koʻp sut beradigan mollar. Bularga aberdin-angus (q. Aberdinangus qoramol zoti), shvis, olatov, Kostroma, lebedin, bestujev, simmental kabi qoramol zotlari kiradi. Sigirlari vazni 450—550 kg, buqalariniki 800—900 kg. Sigirlari oʻrtacha 2500—3000 kg, ayrimlari 40005000 kg sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,7 — 4,2%. Bu qoramollarning gavda tuzilishi pishiq, yelini yaxshi rivojlangan. Semirtirilganda 56—58%, hatto 60 — 65% (2—3 yoshli bichilgan buqalari) goʻsht-yogʻ qiladi. Oʻzbekistonda shvis va olatov zotlari yaxshi iqlimlashgan. Koʻpchilik viloyatlarda, ayniqsa, shvis mollari sof holda urchitilib, mahalliy zotlarni yaxshilashda foydalanilmoqda (q. Qoramolchilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x