BOSQON

BOSQON, bozgʻon — 1) katta zalvar bolgʻa. Qad. ishlab chiqarish qurollaridan biri. Poʻlatdan yasaladi, ogʻirligi 4—6 kg, yogʻoch dastasining uz. 1 m cha boʻladi. Qizigan poʻlat yoki temirni sandonda Bosqon b-n urib yalpoqlanadi. Ayrim joylarda, chunonchi Samarqanda temirchilarning dami ham Bosqon deyiladi;

2) yuqoridan tushadigan zarb kuchi hisobiga metall xom ashyoga bosim bilan ishlov beradigan mashina. Qoʻl kuchi bilan ishlatiladigan dastlabki Bosqon — richagli Bosqon 13 — 14-a. larda maʼlum boʻlgan. 16-a. boshlarida charxpalakdan harakatlanadigan Bosqon paydo boʻldi, 18-a. da charxpalaklar oʻrnini bugʻ kuchidan, keyinchalik havo kuchidan foydalanib ishlaydigan Bosqon egalladi. 20-a. boshlaridan elektr yuritmali Bosqonlar, 40-y. larda portlama Bosqonlar, 50-y. larda gaz B. lari yaratiladi. Vazifasiga koʻra, bolgʻalash va shtamplash Bosqon lariga; harakatlantirish vositasiga koʻra, bugʻhavo, pnevmatik (havo), mexanik, gidravlik (suyuqlik), portlama, gaz elektrmagnitli Bosqon larga boʻlinadi. Ishlash usuliga koʻra, oddiy (tushuvchi) va qoʻsh harakatli (tushuvchi qismlari qoʻshimcha tezlashtirilgan) Bosqonlar buladi.

Bosqonning asosiy qismlari: porshen, shtok va baba (muxra); shabot (zalvor asos), stanina, yuritma va boshqarish mexanizmlari. B. temirchilikshtamplash i. ch. ining asosiy mashinalaridan biri hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x