VOZROJDENIE

VOZROJDENIEOrol dengizining markaziy qismidagi orol. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida. 1961-y. ga qadar mayd. 216 km2 boʻlgan. Eng baland joyi 56 m. Yer yuzasi tekislik boʻlib, qum va qumoqlardan tarkib toptan. Doʻig qumlar uchraydi. Doimiy oqar suv yoʻq, daraxt oʻsmaydi. Choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan yulgʻun, shoʻra, oqbosh, qoʻshbarg, yantoq kabilar qumli, oʻtloqi-taqir va shoʻrxok yerlarda tarqalgan. 1961-y. dan Orol dengizi sathining muttasil pasayib borishi natijasida Vozrojdeniyening maydoni ayniqsa shim.-gʻarb va jan.-gʻarb tomon kengaydi. Yangi vujudga kelgan quruqlik asosan qumlikdan iborat boʻlib, nihoyatda shoʻr. Bu yerda siyrak holda bir yillik shoʻralar (qora shoʻra va qizil shoʻra), goho yulgʻun va qorabaroq uchraydi. Vozrojdeniyeda aholi yashamaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x