VODOROD KOʻRSATKICH

VODOROD KOʻRSATKICH, rN — eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining oʻnlik manfiy logarifmida olingan qiymati. Bu son V. k. deb ataladi va rN bilan belgilanadi: rN= — lg[H+]. Toza suvda yoki neytral muhitdagi suvli eritmada 25° da vodorod ionlari [N+| va gidroksid ionlari [N~] ning konsentratsiyalari teng: [N+|=[ON-]=110-7. Shu t-radagi N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalarining koʻpaytmasi: % KHjO=[H+][OH-]=10-710-7=10-14.

Demak, maʼlum t-rada N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalari koʻpaytmasi oʻzgarmas son boʻlib, bu ionlar konsentratsiyasini ulardan birining konsentratsiyasi bilan ifodalasa boʻladi; odatda buni [N+] bilan ifodalash qabul qilingan. Demak, neytral muhitda: pH=-Ig[H+]=-] gl0-7=7 boʻladi. Agar rN7 boʻlsa, muhit ishqoriy boʻladi. rN qiymati 7 dan qanchalik kichik boʻlsa, eritmadagi N+ ionlarining konsentratsiyasi shunchalik katta, muxit shunchalik kuchli kislotali boʻladi va aksincha rN qiymati 7 dan qanchalik katta boʻlsa, eritmadagi ON~ ionlarining konsentratsiyalari shunchalik katta va muhit shunchalik kuchli ishqoriy boʻladi. Tuproq muhitini aniqlashda, toʻqimachilik, boʻyoqchilik, koʻnchilik, qogʻoz, kimyo va oziq-ovqat sanoatida Vodorod koʻrsatkichning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x