BOSHQIRD TILI

BOSHQIRD TILIboshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Ikkita asosiy — jan. (yurmata) va sharqiy (quvaqan) shevasi bor. B. t. turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha:

1) umumturkiy ye, o, va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi;

2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday);

3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi;

4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam);

5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi;

6) toʻla shakllanmagan unlilar — ы, yo, ye, v (ы, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-y. gacha), lotin (1929 — 39) va kirillitsa (1940-y. dan) alifbolari asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x