1 sentyabrdan Maktab kutubxonachilari oylik maoshlari oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni asosida umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022 yil 1 sentyabrdan quyidagi miqdorda oshirilishi belgilandi.

Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida:
oliy ma’lumotli kutubxona mudirining hozirgi kundagi oylik maoshi 1 376 803 so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab 1 652 164 so‘m, oliy ma’lumotli kutubxonachining maoshi esa 1 151 818 so‘mdan 1 382 182 so‘mga;
bundan tashqari, o‘rta maxsus ma’lumotli kutubxona mudirining amaldagi oylik maoshi 1 261 867 so‘m bo‘lib, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab 1 514 240 so‘mga, xuddi shunday ma’lumotga ega kutubxonachining ish haqi miqdori 1 094 227 so‘mdan 1 313 072 so‘mga ko‘tariladi.
Kutubxona xodimlarini lavozim maoshini oshirish uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha ravishda jami yillik qariyb 50 mlrd. so‘m mablag‘ oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x