VIRTUOZ

VIRTUOZ (lot. virtus — jasorat, isteʼdod) — oʻz sanʼatining ijro texnikasini mukammal egallagan (tub maʼnoda — ijroviy qiyinchiliklarni mohirona yenga oladigan) sanʼatkor (sozanda, xonanda va b.). V. atamasi Yevropada 18-a. dan maʼlum. Fortepiano musiqasida F. List, skripka ijrochiligida N. Paganini, xonandalikda belkanto ustalari Virtuoz sifatida tanilgan. Sharq musiqa madaniyatida ijroviy imkoniyatlari nihoyatda keng boʻlgan Munir Bashir (Iroq), Ravi Shankar (Hindiston), Umm Kulsum (Misr), Bismilloxon (Pokiston) va b., Oʻzbekistonda Usta Olim Komilov, Domla Halim Ibodov, M. Qoriyoqubov, F. Sodiqov, T. Alimatov, A. Ismoipov, A. Abdurashidov kabi kator sozanda hamda hofizlar oʻzining yuksak ijrochilik mahorati bilan shuhrat qozongan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x