BOLALAR PSIXOLOGIYASI

BOLALAR PSIXOLOGIYASIpsixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar psixologiyasini koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar.

Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilmaxil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi.

Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi.

Bolalar psixologiyasi 19-a. oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi, ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi b-n chambarchas bogʻlangandir. Uning maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Bolalar psixologiyasi masalalari boʻyicha i. t. lar olib borilmoqda (M. G. Davletshin, M. M. Vohidov, S. A. Oxunjonova, F. B. Shoumarov va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x