MAKTABGACHA TAʼLIM BOLALAR MUASSASALARI

MAKTABGACHA TAʼLIM BOLALAR MUASSASALARI — maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiya muassasalari. Oʻzbekistonda bu muassasalarga bolalar yaslisi, yas. sh-bogcha, bolsыar bo/chasi kiradi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari 2 bosqichdan iborat. l-bosqich bolalar yaslisi boʻlib, u 2 yoshdan 3 yoshgacha bulgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirish. nutqini shakllantirish, ularni moddiy borliq, atrof-olam bilan tanishtirish hamda gigiyena masalalari boʻyicha amaldagi tayanch dastur asosida taʼlimtarbiya beriladi. 2-bosqich bolalar bogchasi boʻlib, 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni kamrab oladi. Bu bosqichda bolalarning nutqini rivojlantirish, ularning maʼnaviy kamolotini taʼminlash, jismoniy jihatdan baquvvat boʻlishlari uchun yoʻnaltirilgan taʼlimtarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ham Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari mavjud bulib, ular maxsus dastur hamda texnik vositalar bilan taʼminlangan.

Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarining moddiy texnika bazasi hamda metodik taʼmi-notini yaxshilashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari uchun joriy qilingan «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch das-turi ped. va psixologiya fanlari yutuklari xamda davlat va jamiyat talablariga tayangai holda yaratilganligi bilan alohila ahamiyatga ega. Davlat va nodavlat Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari mavjud. Ular qaysi tashkilot qaramogida boʻlishidan qatʼi nazar OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi uni kadrlar bilan taʼminlaydi va faoliyatiga ilmiy-pedagogik jihatlan rahbarlik qiladi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari uchun tarbiyachi va metodistlar Toshkent ped. unti, ped. in-tlari va kollejlarida tayyorlanadi.

2002 i. Oʻzbekistonla 6865 Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari boʻlib, ularda 640 mingdan ortiq bola tarbiyalandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x