VALIAHD

VALIAHD (arab. — toju taxt merosxoʻri. voris) — podshoh yoki xonning tiriklik chogʻida oʻz xohishi yoxud kasalligi tufayli oʻz oʻrniga tayin qilgan shaxs. V. uning oʻgʻli yoki boshqa bir kishi ham boʻlishi mumkin. Valiahd podshoh yoki xonning karoridan keyin maxsus davlat kengashida (unda sayyidlar, nufuzli amir va mansabdorlar, podshoh yoki xonning balogʻatga yetgan yaqin qarindoshlari qatnashgan) tasdiqlangan. Chingizxon va Amir Temur zamonida Valiahd tayinlashda ularning yoshiga emas, balki davlatni boshqara olish qobiliyatiga eʼtibor berilgan. Mas., Amir Temur ham oʻgʻillari Mironshoh va Shohruxni emas, balki nabirasi Muhammad Sultonni, u vafot etgach, Mirzo Jahongirning oʻgʻli Pirmuhammadni Valiahd qilib tayinlagan edi. Shayboniylar va ashtarxoniylar zamonida (16—17-a. lar) xon xonadoniga mansub yoshi ulugʻ kishilargina Valiahd likka tayinlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x