BITLZ

«BITLZ» (ing. «The Beatles») — ingliz vokalcholgʻu ansambli. Rok musiqasi asoschilaridan. 1950-y. lar oxirida Liverpulda kvartet tarzida tashkil etilgan. Asarlarni asosan P. MakKartni bilan J. Lennon ijod qilgan. «Bitlz» dastlab oʻyinbop (sheyk, tvist kabi roknroll usullariga asoslangan) qoʻshiqlarni ijro etgan. Keyinchalik, kelt folklori, ingliz balladasi uslublari hamda zamonaviy ritmlardan ijodiy foydalanib, oʻziga xos uslub yaratgan. 1966-y. gacha jahon boʻylab katta sahnalarda (hatto stadionlarda ham) konsertlar bergan. 1967-y. dan boshlab asosan ovoz yozish studiyalarida ishlab, 10 dan oshiq gramplastinka chiqargan, 3 filmga musiqa yozgan. 1970-y. da tarqalib ketgan. «Bitlz» guruhi rokmusiqasi rivojiga muhim hissa qoʻshib, uni oʻyinkulgi, maishat doirasidan sanʼat darajasiga koʻtargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x