ALEKSANDROV Anatoliy Petrovich

ALEKSANDROV Anatoliy Petrovich (1903, Kiyev — 1994, Moskva) — rus fizik olimi. Akad. (1953). Atom fani va texnikasi sohasida Rossiyadagi i. t. lar rahbari. Yadro energetikasi asoschilari va tashkilotchilaridan biri. I. V. Kurchatov nomidagi Atom energiyasi inti direktori (1960-y. dan). 1975 — 86 y. larda sobiq Ittifoq FA prezidenti. Oʻzbekiston FA faxriy akad. (1978). Ilmiy ishlari dielektriklar, polimerlarning elektr va mexanik xossalarini tadqiq qilishga oid. Qattiq jismlar mustahkamligining statistik nazariyasini yaratgan. Kemalarni minalardan himoya qilish usulini ishlab chiqqan va bu usul 2-jahon urushida qoʻllanilgan, polimerlangan stirolni kashf etgan, polistirol kondensatorni yasagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x