BISMARK ARXIPELAGI

BISMARK ARXIPELAGI — Tinch okeandagi bir tuda orollar. Papua— Yangi Gvineya tarkibida. Ikkita yirik orol (Yangi Britaniya va Yangi Irlandiya), Admiralteystvo slari va bir necha mayda orollardan iborat. Mayd. 50,5 km2 ga yaqin. Aholisi 399 ming kishi (1990) — melanez va papuaslar. Yirik orollari togʻli (Yangi Britaniya o. da toglarning bal. 2300 m gacha yetadi), maydalari vulkan va marjon orollaridir; harakatdagi vulkanlar ham bor (Ulavun). Iqlimi ekvatorial, tropik oʻrmonlar b-n qoplangan. Koks palmasi, banan, shakarkamish, tamaki, paxta, makkajoʻxori yetishtiriladi. Qirgʻoq yaqinida okeandan baliq ovlanadi va marvarid olinadi. Yirik aholi punktlari va portlari: Rabaul, Kaviyeng, Lorengau. Bismark arxipelagini 1616-y. da gollandlar kashf etgan; 1884-y. dan arxipelag Germaniya mustamlakasi boʻlgach, unga O. Bismark nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x