BERLIN PAKTI

BERLIN PAKTI (1940.7.9) Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari oʻrtasida tuzilgan harbiysiyosiy bitim. U 10 yillik muddatga moʻljallangan boʻlib, dunyoni uch davlat oʻrtasida qayta boʻlib olish uchun til biriktirish edi. Germaniya va Italiya Yevropada, Yaponiya esa Osiyoda «yangi tartib» oʻrnatmoqchi boʻldi. Berlin paktiga keyinchalik Germaniya va Yaponiyaga tobe bir qator davlatlar: Vengriya, Ruminiya, Slovakiya, Bolgariya, Yugoslaviya (hukumat oʻzgarishidan keyin Yugoslaviya paktdan chiqqan), Finlyandiya, Ispaniya, Tailand, Xorvatiya, ManchjouGo va Xitoyning yaponlar bosib olgan hududidagi Van Szinvey «hukumati» ham birinketin qoʻshildi. Berlin pakti agressiv rejalar bilan uzviy bogʻlangan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Berlin pakti barham topdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x