AGAR-AGAR

AGAR-AGAR — ayrim dengizlarning qizil va qoʻngʻir rangli oʻsimliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda. Tarkibida 50 — 80% gacha agaroza boʻladi. Agaroza bilan birga A.-A. tarkibiga nordon polisaxarid fraksiya — «agaropektin» ham kiradi. A.-A. sovuq suvda deyarli erimaydi, qaynoq suvda yaxshi eriydi. 0,5 — 1,5% li suvli eritmalari 32 — 39° gacha sovitilganda 85° da eruvchi mustahkam gellar hosil qiladi. A.-A. mikrobiologiyada mikroorganizmlarni oʻstirish uchun oziqli muhit sifatida, shuningdek oziqovqat, qandolatchilik sanoatida, dori tayyorlashda va b. sohalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x