AVTOELEKTRONIKA

AVTOELEKTRONIKA — mashinasozlikka oid elektronika bilimlari va vositalari majmui. Avtoelektronika avtomobil dvigatellarining oʻt oldirish mikroelektron tizimlari, boshqaruvni kompyuterlashtirish elektron qurilmalari, yoʻlovchilar uchun turli qulayliklar yaratuvchi elektron tizimlar va b. avtomatik qurilmalarni yaratish bilan bogʻliq i. t.loyihalash ishlarini oʻz ichiga oladi. Avtoelektronika qurilmalari ishlab chiqariladigan avtomobillarning sifati, puxtaligi va b. iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilaydi. Keyingi vaqtlarda yangi mikroelektron integral sxemalar asosida takomillashgan Avtoelektronika qurilmalari yaratildi. Avtomobilsozlikda mikroelektronikaning ahamiyati oshib bormoqda. Ayniqsa, ekologiya muammolarini hal etishda, avtomobillarni ishlatish xavfeizligini taʼminlashda, ularga xizmat koʻrsatishni yanada qulaylashtirish va b. muammolarni hal etishda mikroelektronikaning oʻrni ancha yuqorilashdi. Avtomobillarni avtomatik boshqarishda, ularning ish rejimlari parametrlarini nazorat qilib turishda, turli datchiklar yordamida olinayotgan axborotlarni toʻplash va ularga ishlov berishda, transmissiyaii boshqarish tizimida, dvigatelni boshqarish-toʻxtatish tizimida maxsus datchik, integral qurilmalar va mikroprotsessorli mikrosxemalar qoʻllanilmoqda. Istiqbolda tuzilishi jihatidan bir butun boʻlgan datchiklar va mikroelektron funksional qurilmalar tizimi Avtoelektronikaning rivojlanishini tezlashtiradi va qoʻllanish sohalarini yanada kengaytiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x