BASKAKOV Nikolay Aleksandrovich

BASKAKOV Nikolay Aleksandrovich (1905—1996.20.8, Moskva) — turkiyshunos olim. Qoraqalpogʻistonda (1960), Turkmanistonda (1962), Qozogʻistonda (1967) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filol. fanlari dri (1950). Fin-ugor jamiyatining muxbir aʼzosi (Finlyandiya, Xelsinki, 1967), UralOltoy jamiyatining faxriy aʼzosi (Gamburg, 1968). Moskva davlat un-tini tamomlagan (1930). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tili, uning soʻz turkumlari va soʻz yasalishiga bagʻishlangan. Baskakov oʻzbek, qoraqalpoq, noʻgʻoy, xakas, tatar, oltoy, qoraim, uygʻur, turkman va b. turkiy tillarga oid koʻplab darslik, grammatik ocherk va uslubiy qoʻllanmalar muallifi.

As: Karakalpakskiy yazыk, fonetika i morfologiya, M., 1952; Tyurkskiye yazыki, M., 1960; Vvedeniye v izucheniye tyurskix yazыkov, M., 1967.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x