BARDAA

BARDAA (arab. — egar; armancha — Partav) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-y. dan). Qorabogʻ tekisligidagi Ter-ter daryosi boʻyida. Yevlax t. y. stansiyasidan 26 km jan. da. Yevlax — Agʻdam avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 31,6 ming (1991). Paxta tozalash, yogʻsir va temir-beton buyumlari z-dlari, tikuvchilik f-kasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Aftidan mil. 4-a. da xam mavjud boʻlgan. 5-a. da bir muncha vaqt Perozapat (ehtimol sosoniy shohlaridan Peroz yoxud Feruz nomidan olingan boʻlsa kerak) deb atalib Kavkaz Albaniyasining poytaxti boʻlgan. 6-a. oʻrtasida koʻchmanchilarning tez-tez hujumlari natijasida alban katolikoslarining qarorgohi oʻrta asr Chol sh. dan Bardaaga koʻchirilgan. 8 – a. boshida butun Albaniya kabi Bardaani ham arablar fath qilgan. Hosildor tekislikda, Sharq karvon yoʻllari kesishgan joyda joylashgan Bardaa yirik savdohunarmandchilik shahriga aylangan. Bardaaning mudofaa devori, xandaqi, tosh koʻpriklari, timlari boʻlgan. 10-a. da saluriylar, soʻngra shim. dan kelgan ruslar tomonidan egallangan. Harbiy harakatlar natijasida tanazzulga yuz tutgan. 13-a. 1-yarmida moʻgʻullar istilosidan soʻng qishloqka aylangan. Bardaa shaxar xarobasi — Ozarbayjondagi gʻoz. Barda shdan bir necha km masofada joylashgan. Bardaada naxichevanlik meʼmor Ahmad tomonidan 1322-y. qurilgan gʻishtin maqbara (diametri 10 m, bal. 14 m) saqlanib kolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x