VIKARLANUVCHI TURLAR

VIKARLANUVCHI TURLAR (lot. Vikarius — oʻrin almashinuvchi) — geografik va ekologik jihatdan birbirining oʻrnini egallay oladigan yaqin qarindosh turlar. Mac, tilogʻochlar urugʻi areali Vikarlanuvchi turlar: Sibir tilogʻochi (Rossiyaning Yevropa qismi, Gʻarbiy Sibir), daur tilogʻochi (Sharqiy Sibir), Amerika tilogʻochi (Shim. Amerika) turlarining uzluksiz qatoridan iborat. Alp togʻlarida rododendron arealida uning Vikarlanuvchi turlar qattiqbargli rododendron (ohakli tuproqlarda), javdar rododendroni (silikatli tuproqlarda), Yevrosiyoda paxmoq oyoq (qumda) kichik rododendron (soz tuproqlarda) hisoblanadi.

Vikarlanuvchi turlar tushunchasi taksonomik jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan, lekin konvergent oʻxshash, muayyan hayotiy formalarga mansub boʻlgan, biotsenozlarga oʻxshash ekologik muhitni egallagan turlar, mas., koʻrsichqon (Yevropa), tillakoʻrsichqon (Afrika) va xaltali koʻrsichqonga (Avstraliya) nisbatan ham qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x