MUGʻOJAR TOGʻI

MUGʻOJAR TOGʻI (qozoqcha Moʻgʻaljar) — Qozogʻiston Respublikasining Oq-toʻba viloyatidagi togʻ. Kaspiyboʻyi pasttekisligi bilan Toʻrgʻay soyligi orasida joylashgan. U shim. da Ural daryosi vodiysidan jan. da Turon tekisligidagi Shagʻiray balandligigacha davom etadi. Uz. 200 km, eni 30 km gacha. Eng baland joyi 657 m (Katta Baxtiboy togʻi). Togʻ geologik tuzilishi jihatidan Ural togʻlarining davomi hisoblanib, asosan, ohaktosh, koʻmirli slanes, qumtosh, kristalli slanes kabi jinslardan tuzilgan. Gʻarbiy va sharqiy Mugʻojar togʻiga boʻlinadi.

Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, kishi sovuq, qor kam yogʻadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —16, —17°, iyulniki 23—25°. Yillik yogʻin 200—250 mm. Yogʻin asosan, bahorda tushadi. Mugʻojar togʻining gʻarbiy yon bagʻridan Emba, Oʻr (Kaspiy dengizi havzasi), sharqiy yon bagʻridan Irgʻiz daryosining oʻng irmoklari boshlanadi. Asosan, dasht va chala choʻl landshafta mavjud boʻlib, jan. qoratuproq va kashtan tuproqdan iborat. Asosiy oʻsimliklari: chalov, betaga, shuvoq, burgan, daryo vodiylarida terak, tol, qa-yin oʻsadi. Bahorgi-yozgi yaylovlar bor. Xrom rudasi, fosforit, mis, nikel, koʻmir konlari zaminida konchilik sa-noati rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x