AYNIGAN GAZ

AYNIGAN GAZ — zarralarning oʻzaro kvant-mexanik taʼsiri tufayli xossalari ideal gaz xossalaridan farq qiladigan gaz. Kvant mexanikada bir xil energiyali zarralarning har xil kvant holatda boʻlishiga aynigan holat deyiladi. Shuning uchun kvant mexanika nuqtayi nazaridan qaralgan gaz zarralari xossalari ideal gaz zarralarining xususiyatlaridan keskin farq qiladi. Kvant statistikada tizimning bu xossalari hisobga olinadi, bu esa ideal gazning turli holatlari oʻzaro bogʻliq boʻlishini bildiradi, nati-jada zarralarning mumkin boʻlgan holatlari boʻyicha taqsimlanishi ham har xil kvant statistikaga boʻysunadi. Mas, butun son spinli zarralar (geliy atomi, fotonlar) BozeEynshteyn statistikasita, yarim son spinli zarralar (elektronlar, protonlar va h. k.) Fermi statistikasita boʻysunadi. Aynigan gazning termodinamik xarakteristikalari ham ideal gaznikidan boshqacha boʻladi. Ammo bu tafovutlar aynish t-rasi To dan yetarlicha past t-rada namoyon boʻladi. Mas, geliy uchun aynish t-rasi T0 4°K. Aynish hodisasi metallardagi elektron gazni oʻrganishda juda muhim (q. Aynigan elektron gaz).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x