VOLKAMBRIYA

VOLKAMBRIYA (Volcameria) – tizmaguldoshlar oilasiga mansub xushmanzara oʻsimlik. Yer yuzining Sharqiy va Gʻarbiy qismlarida 90 ga yaqin turi uchraydi. Buta, yarim buta, baʼzan daraxtlardan iborat boʻladi. Barglari novdada qarama-qarshi yoki doyra hosil qilib joylashadi. Toʻpgullari roʻvak shaklida, xushboʻy hidli. Ayrim turlarining poyasi oʻrmalovchi, baʼzi turlari gultuvaklarda xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x