Anvar Sanayev — Onajon

Bugun mana shodlik kunda
Do`stlarim ham yonimda,
Bugun mana baxtli kunda
O`z yorim ham bag`rimda.

Yana sizni esga oldim
Mening sho`rlik onam-ey, onam-ey, onam-ey.
Onam-ey, onam-ey, onam-ey,
Mening mehribon, munis onajonim.

Xotirangiz yod eturga
To`planur do`stlar-u yorlarim,
Sizni ko`rgan, sizni bilganlar
Budir mehmonlarim.

Bor savobi sizga tegsin,
Aylayin ehsonlarim.
Joyingiz jannatda bo`lsin,
Kamtarim, jonim onam.

Onajon, onajon, onajonginam,
Onajon, onajon, mehribonginam.

Uydagi har bir giyohda ko`zlaringiz aksi bor,
O`g`lingiz va qizingizda yuzlaringiz aksi bor.
Uyimiz ostonasida izlaringiz aksi bor,
O`g`lingizman, bu tanamda aylanar qonim, onam.

Onajon, onajon, onajonginam,
Onajon, onajon, mehribonginam.

Onajonim, ketdingiz siz, qoldi ko`nglim tosh bo`lib,
Ichdagi dard-u alamlar qoldi ko`zda yosh bo`lib.
Farzandlarni o`stiribsiz, yurmadingiz bosh bo`lib,
Joyingiz jannatda bo`lsin, bebaho, jonim onam.

Onajon, onajon, onajonginam,
Onajon, onajon, mehribonginam. (x2)

Xayr endi, onajonim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x