Anvar Sanayev — Onajon sizni esladim

Dardlarim to`lib-to`lib,
Kunlarim mahzun bo`lib,
Ko`zlarim yoshga to`lib,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni esladim.

Do`st xiyonat etganida,
Dushman toshlar otganida,
Qalb zardobga botganida,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni izladim.

Qani mening onam, onajonginam,
Ko`zlari beg`ubor, mehribonginam? (x2)

Dunyo asli ko`hna g`am,
Dard bilan yashar odam,
Sizsiz mening birim kam,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni esladim.

Do`st xiyonat etganida,
Dushman toshlar otganida,
Qalb zardobga botganida,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni izladim.

Qani mening onam, onajonginam,
Ko`zlari beg`ubor, mehribonginam? (x4)

Qani mening onam…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x