AMINOV Olim Moʻminovich

AMINOV Olim Moʻminovich (1906, Qoʻqon – 1981.22.10, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari d-ri (1955), prof. (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). 1930-y. da Samarqanddagi Oʻzbekiston ped. akademiyasini tugatgan. Qoʻqondagi davlat paxtachilik in-tining tashkilotchisi va direktori (1931 — 34), Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika in-tida (1934 — 39), 1939 — 66 ylarda Toshkent toʻqimachilik, xalq xoʻjaligi in-tlarida oʻqituvchi, kafedra mudiri, Oʻzbekiston FA Iqtisod in-ti direktori (1945 — 48), ToshDU huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish in-tining direktori (1966 — 69), keyinchalik Toshkent xalq xoʻjaligi in-tida kafedra mudiri boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi tarixi, ularning boshqa hududlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari masalalariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x