AMIR BURUNDUQ MAQBARASI

AMIR BURUNDUQ MAQBARASI, Burunduq maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-a. oxiri). Amir Temurning qoʻshin boshligʻi amir Burunduk qabri ustiga qurilgan. Shohizinda ansambli tarkibidagi bir xonali, peshtoqli, qoʻsh qavat gumbazli bino. Peshtoqi naqshli sopol parchin, boʻrtma naqshli koshin, silliqlangan gʻisht qoplab bezatilgan. Bino ichiga koʻk rangli parchinlar, qizil kesakdan bejirim naqshlar ishlangan. Jan. devorida — qabriston tomonda eshigi bor. Yertoʻla — goʻrxonasi chortoq tarhli; Turkiston meʼmorligida kam uchraydigan chortoq gumbaz bilan yopilgan. Ichkarida 9 ta qabr saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x