ALYUMINIY QOTISHMALARI

ALYUMINIY QOTISHMALARI — asosiy qismi alyuminiydan iborat qotishmalar. Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va b. element larni alohida-alohida yoki maʼlum kombinatsiyada qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmalariga legirlovchi elementlar sifatida Ni, Cr, Sa va b., qotishma xossalarini yaxshilaydigan elementlar sifatida esa oz miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb ham qoʻshiladi. Bu elementlar fizik, kimyoviy va mexanik xossalari xilmaxil Alyuminiy qotishmalari hosil qilishga imkon beradi. Alyuminiy qotishmalari yengil boʻlishi bilan birga ancha puxta ham-dir. Alyuminiy qotishmalari deformatsiyalanadigan va qu-yiladigan qotishmalar guruhlariga boʻlinadi. Deformatsiyalanadigan Alyuminiy qotishmalari har xil yarim fabrikatlar va buyumlar tayyorlash, quyiladigan A. q. esa xilmaxil detallar quyishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x