AKIF

AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla Surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 — Istanbul — 1936.27.12) — turk shoiri, publitsist. 1925—35 y. larda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. «Zarralar» (1911), «Sulaymoniya kafedrasida» (1912), «Fotih kafedrasida» (1914), «Xotiralar» (1917), «Asim» (1919), «Soyalar» (1933) asarlarini yaratgan. Ulardagi sheʼrlari asosan aruzda yozilgan boʻlib, liro-epik va liro-didaktik tavsifda. Akif oʻz asarlarida koʻproq ijtimoiy muammolarga eʼtiborini qaratadi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga daʼvat etadi. Turkiya «Mustaqillik gimni» (1921)ning muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x