GIZLAR

GIZLAR (Guise) Fransiyadagi aristokratlar urugʻi, Lotaringiya gersoglari xonadonining yon tarmogʻi. Asosiy vakillari: Fransua Giz (1519 — 63) — Mesni imperator Karl V qoʻshinlaridan mudofaa qilishda (1552), inglizlardan Kaleni olishda (1558) shuxrat qozongan, diniy urushlarning boshlangʻich davrida katoliklar qoʻshini qoʻmondoni; Genrix Giz (1550—88), Fransua Gizning oʻgʻli — Varfolomey tuni (1572) tashkilotchilaridan biri, Genrix III ni agʻdarib, taxtga Gizlarni oʻtqazishga intilgan Katoliklar ligasi boshligʻi. Genrix III farmoniga koʻra qatl etilgan. Diniy urushlar tugashi bilan Gizlar mavqei pasaygan. 17-a. oxiriga kelib esa Gizlar xonadonidan hech kim qolmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x