BIRODARLASHGAN SHAHARLAR

BIRODARLASHGAN SHAHARLAR — turli davlatlarning doimiy doʻstona aloqalar oʻrnatgan shaharlari. Ular Birodarlashgan shaharlar jahon federatsiyasiga birlashgan. 1963-y. dan boshlab har yili apr. oyining oxirgi yakshanba kuni Jahon Birodarlashgan shaharlar kuni sifatida nishonlanadi. Birodarlashgan shaharlar mahalliy hokimiyat vakillarining delegatsiyalari, mutaxassislar, badiiy havaskorlik va sport jamoalari koʻrgazmalar, sayyohlar almashish va b. tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Birodarlashgan shaharlar bilan aloqalarning samarali usullaridan biri sifatida doʻstlik kunlari va haftaliklari oʻtkazib turiladi. Bu tadbirlar doʻstlik hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.

Toshkent sh. Sietl (AQSH, 1973), Shanxay (Xitoy, 1996), Kortrayk (Belgiya, 1982), Tunis (Tunis, 1973) sh. lari bilan birodarlashgan. Toshkent sh. b-n Seul (Koreya Respublikasi), Saratov, Yekaterinburg (RF) oʻrtasida hamkorlik bitimlari imzolangan (1997). Fargʻona viloyati Fiok-Txan viloyati (Vyetnam, 1981) b-n, Navoiy sh. — Chjuchjou sh. (Xunan viloyati, Xitoy, 1996) b-n, Angren sh. — Datun sh. (Shansi viloyati, Xitoy, 1995) bilan birodarlashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x