ACHE

ACHESumatra o. (Indoneziya) shim. da mavjud boʻlgan sultonlik (16 – a. boshi — 20 – a. boshi). Indoneziyada islom dinining tarqalishi markazlaridan biri. Ache kuchaygan davrida (17-a. birinchi yarmi) uning mustaqilligini Sumatraning aksariyat xonliklari va Malayyaning gʻarbidagi xonliklar tan olgan. Ache murch savdosiga ixtisoslashgan; kuchli floti boʻlgan. 16 — 17 – a. boshlarida Ache portugaliyaliklar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1641-y. Gollandiya Malakkani bosib olib Achega tobe mulklar ichiga kirib borishi bilan Achening obru-eʼtibori tushib ketgan. 1873 — 1904-y. larda Gollandiya Achega qarshi mustamlakachilik urushi olib borgan. Ache xalqi Teuku Umar va Teungku Chik di Tiro va b. rahbarligida bosqinchilarga qarshi mardona kurashganlar. Partizanlik harakati 1913-y. gacha davom etgan. Indoneziya Respublikasida Ache — viloyat (1956-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x