ACHCHIQSUV

ACHCHIQSUVFargʻona viloyatining jan.-gʻarbidagi soy. Qirgʻiziston hududidagi Batken-Bujum vodiysidan boshlanadi. Koʻlbuloq, Qorakoʻl, Zakanariq, Chilgʻozli irmoqlari qoʻshilib Achchiqsuvni hosil qiladi. Buloqlardan suv oladi. Uz. 54 km. Dastlab shimol tomon oqadi. 30 km masofagacha togʻ oraligʻidagi tekis vodiydan, soʻng chuqur vodiylar hosil qilib, Guzan va Burgan adirlarini kesib oʻtadi va tekislikka chiqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 4 m3/sek. Bahor va kuz oylarida toʻlib oqadi. Achchiqsuv Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani yerlarini sugʻoradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x