ATSETILSELLYULOZA

ATSETILSELLYULOZA — sellyulozaning atsetat efiri. Oq amorf modda. A. olishda xom ashyo sifatida asosan paxta momigʻi, ayrim hollardagina sellyuloza ishlatiladi. Sellyuloza katalizatorlar ishtirokida sirka angidrid yoki atsetil xlorid bilan atsetillansa, tarkibida bogʻlangan 62,4% sirka kislota qoldiqlari boʻlgan triatsetilsellyuloza faqat baʼzi organik erituvchilar (sirka kislota, xloroform va metilen xlorid)da eriganligi uchun undan keng koʻlamda foydalanib boʻlmaydi. U deyarli nam tortmaydi. Asetilsellyuloza elektr izolyatsiya materiallari, sunʼiy tola va yonmaydigan kinoplyonka olishda ishlatiladi. Triatsetilsellyulozaning 92 — 96% li sirka kislotadagi eritmasi katalizator — sulfat kislota ishtirokida qisman gidrolizlansa, ikkilamchi Asetilsellyuloza hosil boʻladi. Uning tarkibida boglangan 52 — 57% sirka kislota boʻlib, bir qancha arzon erituvchilar (atseton, siklogeksan, atseton bilan spirt aralashmasi, etilatsetat, butilatsetat va b.)da eriydi. Asetilsellyuloza ishqorlar va mineral kislotalar taʼsiriga beqarorroq, ammo nur taʼsiriga chidamli, yonmaydi. Shuning uchun ham Asetilsellyuloza kinoplyonkalar, boʻyoq va plastmassalar i. ch. da yonuvchi nitrotsellyuloza oʻrnini tobora koʻp egallamoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x