PANFILOV Ivan Vasilyevich

PANFILOV Ivan Vasilyevich (1892.20.12 Saratov viloyati Petrovsk sh. — 1941.19.11 Moskva ostonasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiya generalmayori. Gitlerchilar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashi bilan Olmaotada shakllantirilgan 316-oʻqchi diviziya qoʻmondoni etib tayinlangan. Panfilov oʻz diviziyasi bilan Moskva ostonalaridagi shiddatli janglarda jasorat kursatgan. Diviziya tarkibida uzbek, qozoq, qirgʻiz, rus, qoraqalpoq va b. xalklarning vakillari bulib, ular Moskvani mardonavor himoya qilishgan. Panfilov diviziyasiga gvardiyachi nomi berilib, 8-gvardiyachi diviziyaga aylantirilgan. P. Moskva uchun olib borilgan janglarda halok bulgan. Oʻlimidan soʻng Qahramon unvoni berilgan (1942-y. apr.). P. qoʻmondonlik qilgan diviziya uning nomi bilan ataladigan bulgan. Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va b. mamlakatlarda kuplab qishloq va qoʻrgʻonlar, maktab va xiyobonlar Panfilov nomi b-n ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x