MOʻYINQUM

MOʻYINQUMQozogʻiston jan. dagi Chuy va Talas daryolari quyi oqimidagi qumli choʻl. Uning jan.gʻarbida Qirgʻiziston va Qoratogʻ tizmalari koʻtarilgan. Sharkdan gʻarbga 540 km, shim. dan jan. ga 150 km. ga choʻzilgan. Umumiy mayd. 4 mln. ga. Yer yuzasi jan.sharqsan (700 m) shim.-gʻarb tomon (110 m) pasayib boradi. Tektonik jihatdan Chuy sineklizasida joylashgan. Qumning qalinligi 20—40 m, ostida boʻr va paleogenning dengiz yotqiziklari mavjud. Qumlar eotsen davri qumtoshlarining yemirilishi va Chuy daryosi olib kelgan allyuvial yotqiziqlarning shamollar taʼsirida uyilishi va qayta yotqizilishi natijasida tarkib topgan va hoz. relyef shakllari (marzali, doʻng va b.) vujudga kelgan. Marzali qum shakllari (bal. 10 m gacha) koʻproq tarqalgan, ular orasida kichik koʻllar uchraydi. Iqlimi moʻtadil-kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —8°, minimal t-ra —49° ga yetadi. Iyulniki 22—30°. Eng yuqori t-ra 38—40°. Yogʻin miqdori gʻarbiy va markaziy qismlarida 250 mm, sharkida 300 mm. Grunt suvlari sathi 5—25 m pastda, baʼzi joylarda buloq sifatida yer yuzasiga chiqadi. Oʻsimliklardan, qum relyefining murakkabligi va grunt suvlarining joylashishiga qarab, oq va kora saksovullar, juz-gʻun, quyonsuyak, astragal, chalov, teres-ken, shuvoq, yulgʻun, chingil, rang, shoʻra, qamish, bugʻdoyiq oʻsadi. Choʻl oʻsimliklarining turli-tumanligi sababli yaylovlarning mahsuldorligi yuqori. Moʻyinqum yaylov sifatida foydalaniladi, saksovul tayyorlanadi. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda qisman dehqonchilik qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x