MOYBALIQLAR

MOYBALIQLAR (Chalcalburnus) karpsimonlar oilasiga mansub balik,lar turi. Uz. 40 sm gacha, vazni 800 g gacha. Tanasining qorin va anal suzgichlari oraligʻidagi terisi tangachalar b-n toʻliq qoplanmagan. Oʻrta Osiyo va Yevropa daryolari, Tigr va Yefrat daryolari havzalarida bir necha turi uchraydi. Orol dengizi, Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimi va Zarafshon darasida orol moybaligʻi kenja turi; Kaspiy, … Читать далее

KARPSIMONLAR

KARPSIMONLAR, zogʻorabaliqsimonlar (Cyprinidae) — karpsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi (uz. 2 sm dan 1,5 m gacha) sikloid tangachalar bilan qoplangan yoki yalangʻoch. Jagʻlarida tishlari boʻlmaydi, ozigʻi halqumidagi yutinish tishlari yordamida maydalanadi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Markaziy Amerikaning chuchuk va kam shoʻrlangan suvlarida tarqalgan; K. 200 ga yaqin urugʻ, 1500 ga yaqin tur kiradi. Oʻzbekistonda … Читать далее

MIDIYALAR

MIDIYALAR (Mytiis) — dengiz ikki pallali mollyuskalari urugʻi. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha, shakli ovalponasimon, silliq, qoramtirbinafsha yoki sargʻish-yashil tusda. Chigʻanogʻining ichki yuzasi yaltiroq sadaf qavat b-n qoplangan. Voyaga yetgan davrida harakatlanmaydi. Oyogʻidagi maxsus bisus iplari yordamida suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi. 3 turi maʼlum. Deyarli barcha moʻtadil suvlarda tarqalgan, bir qancha joylarda midiya banklari … Читать далее

XIVCHINLILAR

XIVCHINLILAR (Mastigophora) sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi (boshqa sistemaga koʻra kenja tip). 2 kenja sinf — oʻsimliksimon X. va hayvonsimon Xivchinlilarga ajratiladi. Oʻsimliksimon Xivchinlilarni botaniklar oʻsimliklar dunyosiga kiritishadi. Xivchinlilarga 13turkumga birlashtiriladigan 7000 dan ortik, tur kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va b. shaklda. Uz. 2—3 mkm dan (leyshmaniya) 1 mm gacha (ayrim … Читать далее

SELDSIMONLAR

SELDSIMONLAR (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. … Читать далее

EKVATORIAL MINTAQA

EKVATORIAL MINTAQA — Ekvatorning har ikki yonida 5—8° shahrik. dan 4—11° j. k. lar oraligʻida joylashgan geografik mintaqa; shim. va jan. tomonlardan subekvatorial mintaqalar bilan chegaradosh. Baʼzi tadqiqotchilar Ekvatorial mintaqani tropik mintaqaga kiritadilar. Iklimi quyosh energiyasining koʻp tushishiga bogʻliq ravishda shakllangan. Ekvatorial mintaqada yil boʻyi havo issiq (24—28°), yogʻin koʻp (1500—3000 mm, shamolga roʻpara yon … Читать далее

SSIFOMEDUZALAR

SSIFOMEDUZALAR (Scyphozoa) boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga oʻxshash, erkin, yakka yashaydi. Ogʻiz teshigi soyabonining ostki tomoni markazida joylashgan. Oshqozoni chala toʻsiqlar yordamida toʻrtta kameraga boʻlingan. Ogʻiz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzadi. Ssifomeduzalar yirtqich, qar xil plankton … Читать далее

KILKALAR

KILKALAR — selʼdsimonlar oilasiga mansub mayda baliqlarning bir urugʻi. Qorni ikki yon tomondan siqilgan. Korin tomoni boʻylab halqumdan anal teshigigacha 24—31 ta pixeimon yirik tangachalardan iborat pushtachasi (kili) joylashgan (nomi shundan olingan). Tanasining uz. 4 sm dan 14 — 15 sm gacha. Qora, Kaspiy va Azov dengizlari hamda shu dengiz havzalariga qarashli suvlarda tarqalgan. Ogʻzi … Читать далее

PELAGIAL YOTQIZIKLAR

PELAGIAL YOTQIZIKLAR — ochiq dengiz va okeanlar tubida qirgʻoqsan ancha uzokda juda mayda muallaq zarralarningtoʻplanib borishidan vujudga keluvchi yotqiziklar. «Pelagial yotqiziklar» terminini 1891-y. da geologlardan Merrey va Renarlar taklif etgan. Pelagial yotqiziklar tarkibiga plankton mikroorganizmlarning skeletlari, mayda zarrali terrigen va vulkanogen materiallar, yangitdan hosil boʻlgan autigen minerallar (Gʻye — Mp konkretsiyalari, seolitlar, montmorillonit), kosmik chang … Читать далее

PALEOBOTANIKA

PALEOBOTANIKA (paleo… va botanika) , paleofitologiya — botanikaning kazilma oʻsimliklarni oʻrganuvchi sohasi. Paleobotanika qazilma oʻsimliklarning sistematikasi, tashki (morfologik) va ichki (anatomik) tuzilishi, Yer yuzida tarqalish qonuniyatlari, muhit bilan oʻzaro munosabatlari, rivojlanish tarixi, oʻzaro qarindoshligi, oʻsimlik qoplami almashinuvi qonuniyatlari kabi masalalarni oʻrganadi. Paleobotanika maʼlumotlari sistematika, morfologiya, anatomiya, evolyutsiya, filogeniya, geogr., geol. da nazariy masalalarni hal kilishga … Читать далее