MUSLIMOVA

MUSLIMOVA Kifoyat (1916.1.5 – hoz. Bishkek — 1996.20.4) — Oʻzbekiston xalq artisti (1954). Sahna faoliyatini 1933-y. Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatrida boshlagan. 1934—37 y. lar Tosh-kent ishchi yoshlar teatrida, 1937—87 y. lar Samarqand oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. Muslimova oʻtkir xarakterli obrazlarning yetakchi ijrochilaridan boʻlib, alohida mav-qega ega boʻlgan. Soʻzda qochirim M. ijodvda … Читать далее

MUSAMMAN

MUSAMMAN (arab. — sakkizlik) — 1) arab, forstojik va oʻzbek mumtoz sheʼriyatidagi sheʼriy turlardan biri. Musamman 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofi-yaga ega boʻladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh boʻlib, 8misrasi birinchi band bilan qofiyalanadi: a-a-a-a-a-aa-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8-marta takrorlanishidan vazn hosil … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

FERUZ

«FERUZ» — Xorazm maqomlarining Navo maqomi pardalari asosida yuzaga kelgan mumtoz ashulalar turkumi. Ogahiyning «Vah ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qoshu kuzing» gʻazaliga bogʻlangan «Eski Feruz» («F.» II deb ham yuritiladi) Muhammad Rahim I davrida yaratilgan. Avj qismida Xorazm doston kuy (noma)laridan «Nolish»ning cholgʻu muqaddimasi ishlatilgan. «Feruz» I «Eski Feruz»ga nisbatan hajman yirik, avjlari baland. … Читать далее

TOVUQSIMONLAR

TOVUQSIMONLAR (Galliformes) qushlar turku mi. Ikki katta oila (krakslar va qirgʻovullar), besh oila (krakslar, xastovuklar, qirgʻovullar, kurkalar, qurlar)ga mansub 250 turi mavjud. T. Antarktidadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Tanasi 12 sm dan (bedana) — 235 sm gacha (arguslar), ogʻirligi 80—120 g dan (vedana) — 16 kg gacha (karqurlar). Tumshugʻi qisqa, mustahkam. Oyoklari baquvvat. Qanotlari katta, … Читать далее

FRANSIYA

FRANSIYA (France). Fransiya Respublikasi (Republigue Franchise) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan. da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km2. Aholisi 60,424 mln. kishi (2004). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunyon), … Читать далее

PARIXON

PARIXON, parxon (fors. — ruh va oʻqimoq) — pari, jin kabi kuchlar yor-damida bemorlarni kasalliklardan xalos qiluvchi duoxon, azayimxon, folbin; P. baʼzi joylarda baxshi deb ham yuritiladi. Parixonlik Markaziy Osiyoning koʻpgina hududlariga qadimdan tarqalgan. P. Oʻzbekistonda eng koʻp yoy-ilgan homiy ruhlardan birining ob-razlaridan boʻlib, u goʻzallik timsolida tasvirlanadi. Parixonlik kasallikni jin, alvasti va pari kabilarning … Читать далее

XISLAT

XISLAT (taxallusi; asl ismsharifi Haybatullaxoʻja Orifxoʻja oʻgʻli) (1880.10.5 Toshkent 1945.8.6) shoir va tarjimon. Oʻzbek mumtoz adabiyotining soʻnggi namoyandalaridan biri. 16—17 yoshlarida Toshkent sh. Kesaqqoʻrgʻon mahallasidagi madrasaga oʻqishga kirib, arab va fors tillarini mukammal oʻzlashtirgan; uzbek, ozarbayjon, turk, fors va arab adabiyotlarini puxta oʻrgangan. 1908—09 y. larda Navoiy ijodini mutolaa qilib, «Farhod va Shirin» hamda «Layli … Читать далее

BULBULLAR

BULBULLAR (Zuscinia) — chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush. 6 turi bor: sharq bulbuli (Z.luscinia) va gʻarb bulbuli (Z.megarhynchus) tarqalgan. Ular faqat qanotining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bulbullarning rangi koʻrimsiz, usti qoʻngʻir va toʻq mallarang, qorni oqish, nari bilan modasining rangi bir xil, boʻyi 20 sm gacha boʻladi. Sharq bulbuli Sharqiy Yevropa va … Читать далее

GOʻSHT SANOATI

GOʻSHT SANOATI — soʻyilgan molni kompleks tarzda qayta ishlovchi sanoat tarmogʻi, oziq-ovqat sanoatining muhim soxasi. Goʻsht sanoati korxonalarida qoramol, qoʻy-echki, parranda, quyon va b. soʻyilib, undan goʻsht olinadi, goʻsht konservasi, kolbasa maqsulotlari, yarim tayyor fabrikatlar (kotlet, chuchvara, pazandachilik mahsulotlari) tayyorlanadi; shuningdek chorvaga yem sifatida ishlatiladigan goʻsht va suyak uni, qimmatbaho tibbiy preparatlar (insulin, geparin, lipokain … Читать далее