MUSLIMOVA

MUSLIMOVA Kifoyat (1916.1.5 – hoz. Bishkek — 1996.20.4) — Oʻzbekiston xalq artisti (1954). Sahna faoliyatini 1933-y. Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatrida boshlagan. 1934—37 y. lar Tosh-kent ishchi yoshlar teatrida, 1937—87 y. lar Samarqand oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. Muslimova oʻtkir xarakterli obrazlarning yetakchi ijrochilaridan boʻlib, alohida mav-qega ega boʻlgan. Soʻzda qochirim M. ijodvda mu-him oʻrin tutgan. U yaratgan obrazlar oʻziga xosligi, toʻlaqonliligi, joʻshqin va ishonarli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Milfordxonim («Makr va muhabbat»), Mehinbonu («Farhod va Shirin»), Kabanixa («Momaqaldiroq»), Xolnisa, Boʻston («Shohi soʻzana», «Ayajonlarim»), Maysara («Maysaraning ishi»), Surmaxon («Yurak sirlari»), Ogudalova («Sepsiz qiz»), Amaliya («Otello»), Oydin opa («Zarafshon qizi»), Risolat pari («Toshbolta oshiq») kabi rollari b-n shuxrat qozongan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x