MUSAMMAN

MUSAMMAN (arab. — sakkizlik) — 1) arab, forstojik va oʻzbek mumtoz sheʼriyatidagi sheʼriy turlardan biri. Musamman 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofi-yaga ega boʻladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh boʻlib, 8misrasi birinchi band bilan qofiyalanadi: a-a-a-a-a-aa-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8-marta takrorlanishidan vazn hosil boʻlishi. Mac, Bir pari men telbani husnigʻa moyil qilgʻudekdur, Koʻzim ichra, yer tutib, koʻngluma manzil qilgʻudekdur.

Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun (Bobur) Har bir bahr doirasida solim (rukni butun) va zihofli (rukni qisqargan) vaznlar boʻladi. Yuqoridagi baytda «foilotun» rukni ramal bahriga butun (oʻzgarmay) kirgani uchun bu vazn «ramali musammani solim» deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x