MALIKBOYEVA Erkli Vohidovna

MALIKBOYEVA Erkli Vohidovna (1928.16.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1971). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1950). 1949-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da. Ijodining dastlabki yillari mumtoz va zamonaviy dramaturgiyada chuqur lirik obrazlar — Ofeliya («Gamlet»), Sarvinoz («Sevgi afsonasi»), Nazira («Ogʻriq tishlar»), Xannyan («Sabr kosasi») va b. ni mahorat bilan … Читать далее

MAQOLA

MAQOLA — publitsistik janr. M. da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh M., nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng … Читать далее

XOʻJANDIY

XOʻJANDIY (14-a. ning 2-yarmi Xoʻjand — 15-a. boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. X. haqida biografik maʼlumotlar saklanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyshsht «Muhabbatnoma»siga nazira tarzida yozilgan. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan. Tilar boʻlsang jahon ichra amorat. Faqirlar koʻnglini qilgin imorat … Читать далее

OʻZBEKISTON BASTAKORLAR UYUSHMASI

OʻZBEKISTON BASTAKORLAR UYUSHMASI — respublikada bastakor, kompozitor va musiqashunoslarni birlashtiruvchi ijodiy jamoat tashkiloti. 1938 yil Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan, birinchi raisi T. Sodiqov. 1995-yildan hoz. nomda. Asosiy vazifalari: Oʻzbekiston musiqa sanʼatini keng koʻlamda boyitish va yuksaltirish, milliy musiqa anʼanalarini asrabavaylash, uyushma aʼzolarining kasbiy, ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning ijodiy shartsharoitlari, professional mahoratining … Читать далее

TALQINCHA

TALQINCHA — talqin doira usuli asosida yaratilgan maqom ashula yoʻli, talqin shoʻbasiga oʻxshatma, nazira; Shashmaqomning ikkinchi guruh shoʻbalaridan Moʻgʻulcha va Savtlarning muayyan shoxobchasi. Talqinchalar Buzruk maqomining Moʻgʻulchai Buzruk, Savti Sarvinoz, Iroqi Buxoro, Rostning Savti Ushshoq, Savti Kalon, Savti Sabo, Navroʻzi Sabo, Navoning Savti Navo, Moʻgʻulchai Navo, Mustazodi Navo, Segohning Moʻgʻulchai Segoh shoʻbalarida uchraydi va shu … Читать далее

SAYYID QOSIMIY

SAYYID QOSIMIY (15-a.) shoir. Asarlaridan maʼlum boʻlishicha, S Q. muhtojlikda kun kechirgan. Sharq klassiklari ijodini chuqur oʻrgangan. Shoirning bizgacha 4468 misradan iborat «Majmaʼ ulaxbor» (1456—57), «Haqiqatnoma» (1458—59), «Sadoqatnoma», «Gulshani roz» didaktik asarlari yetib kelgan. Ularda zamonasining ijtimoiy-siyosiy, axloqiytaʼlimiy masalalari aks etgan. «Majmaʼ ulaxbor» dostoni Nizomiy va Haydar Xorazmiyning «Maxzan ulasror»iga nazira sifatida yozilib, Sulton Abdusaid … Читать далее

NAVOIY VILOYATI

NAVOIY VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1982-y. 20 apr. da Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-y. da maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-y. boshida qayta tiklandi. Shim. va shim.-sharkdan Qozogʻiston, jan.sharqdan Jizzax, Samarqand, jan. dan Qashkadaryo, jan.-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 111,0 ming km2. Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati … Читать далее

MOSKVA OʻZBEK DRAMA STUDIYASI

MOSKVA OʻZBEK DRAMA STUDIYASI — oʻzbek professional aktyor va rejissyorlari tayyorlab bergan birinchi teatr oʻquv yurti. Oʻzbekiston hukumatining karori bilan 1924-y. Oʻzbekiston maorif komissarligining Mos-kvadagi maorif uyi qoshida ochilgan. Choʻlpon studiyaning adabiy emakdoshi, avvaliga A. Otaullayev, Abdulhay Tojiyev, keyin Sh. Rahimiy direktori boʻlgan. Studiyaga dastavval Mannon Uygʻur boshliq namuna oʻzbek davlat drama teatri (sobiq «Turon») … Читать далее

BOKU TEATR STUDIYASI

BOKU TEATR STUDIYASI — Bokudagi M. F. Oxundov nomidagi teatr texnikumi qoshida uzbek aktyorlarini tayyorlash uchun tashkil etilgan studiya (1925). Unda oʻzbek teatrining Halima Nosirova, Sayfi Olimov, Nazira Aliyeva, Zuhur Qobulov, Saʼdulla Toʻraboyev, Hakima Xoʻjayeva, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov kabi vakillari tahsil koʻrgan. Yosh oʻzbek aktyorlari 3 yillik oʻqish mobaynida ozarbayjon teatrining taniqli arboblari (Kirmonshoxli, … Читать далее

SAID AHMAD

SAID AHMAD, Saidiy (14-a. ning oxiri — Hirot — 15-a. ning 1-yarmi) — shoir. Temuriy shahzodalardan Mironshohning oʻgʻli, davlat idora ishlarida qatnashmagan. Turkiy va forsiyda sheʼrlar yozib, devon tartib bergan hamda noma janrida «Taashshuqnoma» («Oshiklar maktublari», Navoiy taʼbiricha, «Latofatnoma») dostonini yaratgan (1435—36). Dostonni amakisi Shohrux mirzoga bagʻishlagan. Asar Xorazmiy «Muhabbatnoma»si va Xoʻjandiy «Latofatnoma»siga tatabbu qilingan. … Читать далее